Onalar maktabi
Homiladorlikning o‘ninchi haftasida nimalar sodir bo‘ladi
Homiladorlikning o‘ninchi haftasi o‘ziga xos bir o‘tish bosqichi hisoblanadi. Embrion to‘laqonli homilaga aylanadi va birinchi trimestrga xos xavflar kamayadi. Ammo bo‘lajak ona o‘z holatini diqqat bilan kuzatishi, imkon qadar stresslardan saqlanishi, to‘g‘ri ovqatlanishi, toza havoda ko‘proq sayr qilishi va ko‘proq harakatlanishi lozim.
Homiladorlikning beshinchi haftasi
Homiladorlikning akusherlik hisob bo‘yicha beshinchi haftasida (yoki homila paydo bo‘lganidan so‘ng uchinchi haftada) ayolda yaqin orada ona bo‘lishiga shubha qolmaydi. Ammo quvonch bilan birga ko‘plab savollar ham paydo bo‘ladi va ularning har biri aniq hamda to‘g‘ri javobni talab qiladi.