Top.Mail.Ru

Bir yoshgacha bo‘lgan bolada ich ketishi. Nima qilish kerak?

Submitted on: 29.08.2025
Time to read: 3 daqiqa
count Просмотры: 11

Chaqaloqda ich ketishi (diareya) – bu najasning quyuqligi o‘zgarishi va tezligi yoshga oid (jadvalda ko‘rsatilgan) me’yordan oshib ketishi. Asosiy belgi - najasning quyuqligi o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda najas odatda quyuq bo‘lmaydi, lekin u axlatdan ko‘ra ko‘proq suvga o‘xshab qolsa, bu diareyaning belgisidir.

Bolaning yoshi Haftadagi ich kelishi soni Bir kunda ich kelishi soni
0 - 3 oylik ko‘krak suti bilan oziqlantirish 5 – 40 2,9
0 - 3 oylik sun’iy oziqlantirish 5 - 20 2,0
6 – 12 oylik 5 - 28 1,8
1 – 3 yosh 4 - 21 1,4
4 va undan katta yosh 3 - 14 1,0

Ich ketishi (diareya) ning sabablari

  • Ichak infeksiyasi
  • Laktaza yetishmovchiligi
  • Oziq-ovqat allergiyasi
  • Funksional xususiyatga ega bo‘lishi mumkin

Ko‘p miqdorda va uzoq vaqt davomida ich ketishi nafaqat suyuqlik, balki mineral moddalarni yo‘qotish kabi xavfli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bolani diqqat bilan kuzatib borish va suvsizlanishning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi bilanoq shifokorga murojaat qilish zarur.

Bolada ich ketishi sababli suvsizlanish belgilari

  • Bolaning 6 soat davomida 3-4 martadan kam siyishi.
  • Terisi va lablari quruq bo‘lishi.
  • Liqildoq cho‘kib ketishi, ko‘z atrofi qorayishi.
  • Og‘zidan atseton hidi kelishi.

Suvsizlanish - bolaning hayoti uchun xavfli holat hisoblanadi!

Ich ketishi holatidagi boshqa xavfli alomatlar

🚩Tana haroratining 38,5°C va undan yuqoriga ko‘tarilishi.

🚩 Najasda ipsimon qon izlari ko‘rinishi.

🚩 Najasda ko‘p miqdorda shilliq paydo bo‘lishi.

🚩 Badbo‘y hidli yoki ko‘pikli axlat.

🚩To‘xtovsiz qusish.

🚩 Bolaning bezovtalanishi.

Shuni yodda tuting! Bolada ich ketishi paytida suvsizlanish belgilari va boshqa xavfli alomatlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordam chaqiring!

Uy sharoitida nima qilish mumkin?

Agar bolada suvsizlanish belgilari va boshqa xavotirli alomatlar bo‘lmasa, quyidagi choralar ich ketishda yordam berishi mumkin:

✅ Kichkintoyga tez-tez va oz-ozdan - har 5 daqiqada bir choy qoshiqdan regidratatsion eritma ichiring.

Muhim! Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga barcha turdagi regidratatsion eritmalarni berish mumkin emas. Qadoqda 0+ belgisi bo‘lishi shart.

✅ Yuqori (38,5°C dan yuqori) haroratni tushiring. Bolalar uchun ruxsat etilgan isitma tushiruvchi dorilar:

  • Paratsetamol bolaning har kilogram vazniga 15 mg hisobida, har 6 soatda bir marta.
  • Ibuprofen bolaning har kilogram vazniga 10 mg hisobida, har 8 soatda bir marta.

✅ Bolangizni tez-tez emizing. Bu suvsizlanishning oldini oladi.

✅ Agar chaqaloq sun’iy ovqatlantirilayotgan bo‘lsa, vaqtincha laktozasiz aralashmaga o‘tish haqida pediatr bilan maslahatlashing.

Bolaning ichi ketishi holatida nima qilmaslik kerak?

❌Shifokorning ko‘rsatmasisiz antibiotiklar berish.

❌Shifokorning ko‘rsatmasisiz bakteriofaglar, pro- va prebiotikli preparatlarni qo‘llash.

❌Emizishni to‘xtatish.

❌Bolaning ahvoli yomonlashganda, ich ketishini mustaqil ravishda davolashga urinish.

Agar siz boladagi ich ketishini tez va to‘g‘ri davolashni boshlasangiz, u ancha tezda o‘tib ketadi. Ammo xavotirli belgilar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling!

Яндекс.Метрика