Top.Mail.Ru

NutriMa Femilak 5 tasi 1 da - homilador va emizikli ayollar uchun sutga asoslangan muvozanatli qo’shimcha ovqatlanish.
 

Foydalanish bo’yicha tavsiyalar:
Tayyorgarlik davrida va homiladorlik paytida:
Ayolning yuqori sifatli oqsil, foliy kislotasi, omega–3 yog’ kislotalari, kalsiy, temir, B guruhi vitaminlari va boshqa nutriyentlarga qo’shimcha ehtiyojlarini ta`minlaydi
Xomilaning to’g’ri shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta`sir qiladi
 

Emizish davrida:
Ko’krak suti sifatini yaxshilashga yordam beradi
Ayol tanasini zarur oziq moddalar va energiya bilan ta`minlaydi
Tug’ruqdan keyin ayolning tiklanishiga yordam beradi

TARKIBI XUSUSIYATLARI: 

  1. Zardob oqsili - Yengil hazm qilish, organizmni homila rivojlanishi uchun zarur bo'lgan muhim aminokislotalar va energiya bilan to'yintirish
  2. Foliy kislotasi – Xomila asab tizimining to’g’ri rivojlanishi uchun
  3. Omega-3 yog'li kislotalari (DHA, EPA) - Xomilaning miya va ko’rish qobiliyati shakllanishi uchun
  4. Prebiotiklar (inulin) – Ovqat hazm qilishni yaxshilash va qabziyatning oldini olish uchun
  5. Vitamin va mineral kompleksi – Xomilaning to’liq rivojlanishi va xomiladorlik va tug’ruqdan keyingi davrda onaning salomatligini qo’llab-quvvatlash uchun
     

Vitaminlar:
Е vitamini - homiladorlikning normal kechishiga yordam beradi, homilaning ona qornida rivojlanishini rag’batlantiradi, homiladorlikning erta tugashining oldini oladi.
С vitamini - immunitetni saqlashga yordam beradi.
В guruhi vitaminlari – asab tizimiga ijobiy ta`sir qiladi.
D vitamini - xomila suyaklarining shakllanishi uchun zarur bo'lgan kalsiy va fosfor darajasini tartibga soladi.
 

Makro- va mikro elementlar:
Yod - onada yod tanqisligining oldini olishni ta`minlaydi va homilada qalqonsimon bezning to’g’ri shakllanishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Temir - qon hosil bo’lishi jarayonlariga ta`sir qiladi, anemiyaning oldini olishga yordam beradi.
Kalsiy va fosfor - optimal nisbat kalsiyning samarali so’rilishini ta`minlaydi, homila suyak to’qimalarining to’liq shakllanishiga yordam beradi va bo’lajak onada osteoporoz rivojlanishining oldini oladi.

PALMA YO’GISIZ
SHAKARSIZ
GMO MAVJUD EMAS 

Tayyorlash usuli:
Stakanga 40-45°C haroratdagi 170 ml qaynatilgan suv quying
4 osh qoshiq quruq mahsulot (40g) qo’shing 
To’liq eriguncha chayqating yoki blenderda aralashtiring
Mahsulot ichimlik yoki choy, kakao, bo’tqa va boshqa taomlarga qo’shimcha sifatida ishlatilishi mumkin

Saqlash sharoiti:
Qadoqni ochishdan oldin mahsulotni 0 dan 25 ºС  gacha bo’lgan haroratda va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang.
Qadoqni ochgandan so’ng, mahsulotni 3 haftadan ko’p bo’lmagan muddat quruq, salqin joyda saqlang, lekin sovutgichda emas. 

Ozuqaviy qiymati (100 g quruq mahsulotda): oqsillar – 17,5 g, yog’lar - 6,5 g, uglevodlar - 65 g
Ozuqaviy qiymati (200 ml tayyor mahsulotda): oqsillar – 7 g, yog’lar – 2,6 g, uglevodlar - 26 
 

Tavsiya etilgan kunlik ehtiyoj: 1 porsiya
1 porsiya 200 ml – 156 kkal

Tarkibi: quruq yog’sizlantirilgan sut, glyukoza qiyomi, quruq deminerilalizatsiyalangan sut zardobi, quruq qaymog’i olinmagan sut, o’simlik yog’lari (soya, kungaboqar yuqori oleinli), inulin, mineral moddalar (kalsiy fosfat, magniy xlorid, natriy xlorid, kaliy sitrat, kalsiy karbonat, temir sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), vitaminlar (askorbin kislotasi, tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy-D-pantotenat, piridoksin gidroxloridi, riboflavin, foliy kislotasi, tiamin gidroxloridi, retinol asetat, D-biotin, filloxinon, xolekalsiferol, sianikobalamin), baliq yog’i (dokozageksayen DHA va eykozapentayen EPA kislotalar manbai), tabiiy xushbo’ylantiruvchi modda, inozit, taurin, emulgator (soya lesitini), antioksidlovchi  (L-askorbilpalmitat).

 
Ozuqaviy qiymati 100 g quruq mahsulotda200 ml tayyor mahsulotdaFETEKN dan %
***
Energetik qiymati kkal/kJ391/1635156/65476
Oqsil, g17,5787
 sut zardobi oqsillari/kazein, %30/70   
Taurin, mg5020  
Yog’, g6,52,633
Sut yog’i,  yog’ning  umumiy miqdoridan %30   
Linol kislotasi, g1,80,73  
a-linol kislotasi, g0,240,09  
dokozageksayen kislotasi, mg156  
eykozapentayen kislotasi, mg31,3  
Uglevodlar, g652688
  laktoza, g3815,2  
Prebiotiklar (inulin), g10,422
Mineral moddalar:    
   kalsiy, mg8503402624
   fosfor, mg6202482525
   kaliy, mg8503401414
   natriy, mg30012099
   magniy, mg1004099
   mis, mkg4001601511
   marganets, mkg1104422
   temir, mg2082444
   rux, mg1353333
   xloridlar, mg54021699
   yod, mkg125502317
   selen, mkg35142222
Kul, kg62,4  
Vitaminlar:    
   retinol (А), mkg-ekv5502202217
   tokoferol (Е), mg8,73,52018
   kalsiferol (D), mkg7,532424
   К vitamini, mkg50201717
   tiamin (В1), mkg7503001817
   riboflavin (В2), mkg7503001514
   pantoten kislotasi, mg4,81,93227
   piridoksin (В6), mkg9003601614
   niatsin (РР), mg7,22,91313
   foliy kislotasi (Вс), mkg7002804756
   sianokobalamin (В12), mkg3,51,44040
   askorbin kislotasi (С), mg100404033
   biotin, mkg50204040
Inozit, mg552244
Xolin, mg602455

 FETEKN – homiladorlik* va bolani ovqatlantirish** davrida ayollar uchun energiya va ozuqaviy moddalarga bo’lgan fiziologik ehtiyojning tavsiya etilgan kunlik normasi

Reviews

Вопросы

Toksikoz – bu ovqatlanish holatining buzilishi hisoblanadi (hamma kerakli nutriyentlar bilan ta`minlanganlikning) buzilishidir. To’g’ri ovqatlanish va Femilak maxsus ozuqa ko’rinishida qo’llab-quvvatlash toksikozning oldini olishga yordam beradi va uning ko’rinishlarini yengillashtiradi.

Яндекс.Метрика