Top.Mail.Ru

Bir yoshdan katta bolalarni ovqatlantirish uchun sutli quruq ichimlik.
1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalarning ovqat hazm qilish xususiyatlariga maxsus moslashtirilgan. 
 

Kattalar ovqat mahsulotlariga bosqichma-bosqich o’tishni ta`minlaydi.

Tarkib xususiyatlari:
 

Prebiotiklar (fruktooligosaxaridlar) - foydali ichak mikroflorasining o’sishiga va qabziyatning  oldini olishga yordam beradi.
Muvozanatlashtirilgan vitamin va mineral kompleksi - kichkintoy hayotining faol davrida uyg’un o’sishi va rivojlanishiga hissa qo’shadi.
Antioksidant kompleks (A, E, C vitaminlari + selen) va biologik muhim nutriyentlar (taurin, biotin, xolin, inozitol) - bolani atrof-muhitning salbiy omillaridan himoya qilishga yordam beradi.
 

Nutrilak 3 bolalar sutining yoqimli vanil ta`mi, albatta, sizning kichkintoyingizga yoqadi.

Tayyorlash usuli:

  1. Bir porsiya ichimlikni (200 ml) tayyorlash uchun toza idishga 170 ml 40 - 45°C gacha isitilgan bolalar uchun ichimlik suvini quying. Bolalar uchun ichimlik suvi bo’lmaganda, qaynatilgan suvdan foydalanish mumkin. 40-45°С gacha sovutilgan.
  2. 6 o’lchov qoshiq *(28,8 g) quruq ichimlik qo’shing, pichoqning o’tmas tomoni bilan qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
  3. Ichimlikni to’liq eriguncha yaxshilab aralashtiring.

Ogohlantirish: 
Ichimlikni bevosita oziqlantirishdan oldin tayyorlang.
Tayyorlangan ichimlik qoldiqlaridan keyingi oziqlantirish uchun foydalanmang.
 

Saqlash sharoiti:
Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25˚С gacha bo’lgan haroratda va 75% dan ko’p bo’lmagan nisbiy namlikda saqlang. Qadoqni ochgandan so’ng, quruq aralashmani 3 haftadan ko’p bo’lmagan muddat quruq, salqin joyda saqlang, lekin sovutgichda emas.

Tarkibi: quruq yog’sizlantirilgan sut, glyukoza qiyomi, o’simlik yog’lari (palma, kokos, soya, yuqori oleinli kungaboqar), quruq demineralizatsiyalangan sut zardobi, shakar, fruktooligosaxaridlar, mineral moddalar (kaliy sitrat, kalsiy fosfat, kalsiy karbonat, natriy xlorid, magniy xlorid, temir sulfat, , rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), tabiiy xushbo’ylantiruvchi (vanil), vitaminli kompleks (askorbin kislotasi, tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy – D – pantotenat, piridoksin gidroxlorid, retinol asetat, riboflavin, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, xolekalsiferol, sianokobalamin), xoloin bitartat, taurin, inozit, emulgator (soya lesitini), antioksidlovchi (L-askorbilpalmitat) 
 

Tarkibida GMO, konservantlar, bo'yoq va xushbo’ylantiruvchi moddalar mavjud emas. 
 

Ozuqaviy qiymati: 100 g quruq ichimlikda100 g tayyor ichimlikdaFETEKN* dan %
Energetik qiymati kkal/kJ463/193967/279 
Oqsil, g12,51,8 
sut zardobi oqsillari/kazein, %30/70  
Taurin, mg355 
Yog’, g182,6 
Linol kislotasi, g3,20,46 
a- Linol kislotasi, g0,340,05 
Uglevodlar, г62,18,9 
Laktoza, g27,74 
Saxaroza, g71 
Prebiotiki: fruktooligosaxaridlar, g1,40,2 
Mineral moddalar:   
   kalsiy, mg6809812
   fosfor, mg450659
   kaliy, mg75010827
   natriy, mg260377
   magniy, mg771114
   mis, mkg3605210
   marganets, mkg6910 
   temir, mg8,31,212
   rux, mg40,612
   xloridlar, mg420608
   yod, mkg931319
   selen, mkg111,611
Vitaminlar:   
   retinol (A), mkg-ekv4867016
    tokoferol (E), mg7,51,127
    kalsiferol (D), mkg8,21,212
    K vitamini, mkg314,515
    tiamin (B1), mkg69110012
    riboflavin (B2), mkg125918120
    pantoten kislotasi, mkg3,80,5422
    piridoksin (B6), mkg577839
    niatsin (PP), mkg6,50,9412
    foliy kislotasi, mkg901313
    sianokobalamin (B12), mkg1,50,2231
    askorbin kislotasi (C), mg831227
    biotin, mkg21330
Inozit, mg324,68
Xolin, mg731113
Osmolyallik, mOsm/kg 275 

* - bir yoshdan oshgan bolalar uchun ozuqaviy moddalarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojning tavsiya etilgan kunlik normasi

Reviews

Яндекс.Метрика