Top.Mail.Ru

Nutrilak Premium 4 bolalar suti 18 oydan katta bolalar uchun qo’shimcha muvozanatlashtirilgan ovqatlanish uchun mo’ljallangan.
U optimal muvozanatlashtirilgan tarkibga ega va 18 oydan katta bolaning ratsionini faol o’sishni, kognitiv rivojlanishni ta`minlash va immunitetni mustahkamlash uchun zarur mikronutriyentlar, muhim oziq moddalar bilan to’ldiradi.

Aralashmaning tarkibiga miya, neyron aloqalari va ko’zning to’r pardasini shakllantirish uchun zarur bo’lgan Omega-3 (DHA) maxsus yog’li kislotalar kiradi.
Sut yog’i DHA ning so’rilishini yaxshilaydi, uni tashkil etuvchi fosfolipidlar esa xotira, nutq va motorikaga ijobiy ta`sir ko’rsatadi.
Ko’krak suti oligosaxaridlari (HMO 2’FL)1 immunitet tizimini qo’llab-quvvatlaydi va infeksiyalardan himoya qiladi.
WProtein2 oqsili oson so’riladi va qulay hazm qilishga yordam beradi.
 

Palma va raps yog’larisiz

1 HMO 2 FL – 2’-fukozillaktoza ko’krak suti oligosaxaridlari
2 WProtein – Whey Protein – sutli ichimlik zardob oqsillari bilan boyitilgan

MUHIM!

Kichik yoshdagi bolalarni ovqatlantirish uchun ko’krak suti bilan oziqlantirish afzalroqdir.

Tayyorlash usuli:

  1. Bir porsiya ichimlikni tayyorlash uchun toza idishga 210 ml 40 - 45°C gacha isitilgan bolalar uchun ichimlik suvini quying. Bolalar uchun ichimlik suvi bo’lmaganda, 40-45°С gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanish mumkin.
  2. 7 o’lchov qoshiq *(32,9 g) quruq ichimlik qo’shing, pichoqning o’tmas tomoni bilan qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
  3. Ichimlikni to’liq eriguncha yaxshilab chayqating. 

Ichimlikni bevosita oziqlantirishdan oldin tayyorlang.

Tayyorlangan ichimlik qoldiqlaridan keyingi oziqlantirish uchun foydalanmang.

Ovqatlantirish jadvali

 

Bolaning yoshi

Bir porsiyaKunlik ovqatlantirish miqdori
Suv hajmi, mlO’lchov qoshig’i miqdori*

 

18 oydan katta

 

 

210

 

7

 

1-2

 

 

* 1 o’lchov qoshig’i,  to’ldirilmagan– 4,7 гg quruq ichimlik

Saqlash sharoitlari: 

Qadoqni ochishdan oldin mahsulotni 0 dan 25 ºС  gacha bo’lgan haroratda va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang. 

Qadoqni ochgandan so’ng, mahsulotni 3 haftadan ko’p bo’lmagan muddat quruq, salqin joyda saqlang. 

Tarkibi:  quruq qaymog’i olinmagan va quruq yog’sizlantirilgan sut, maltodekstrin,  o’simlik yog’lari (kungaboqar yuqori oleinli, soya, kokos), quruq demineralizatsiyalangan sut zardobi, mineral moddalar (kalsiy fosfat,  kaliy sitrat, kalsiy karbonat, natriy xlorid, natriy sitrat, temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), baliq yog’i (dokozageksayen DHA manbai), vitaminli premiks (L-askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy-D-pantotenat, ribofflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxlorid, tiamin gidroxlorid, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, sianokobalamin),  2’-fukozillaktoza oligosaxaridi, taurin, inozit, emulgator (soya lesitini), antioksidlovchi  (L-askorbilpalmitat).

Ozuqaviy qiymati 100 g quruq ichimlikda200 ml tayyor ichimlikdaFETEKN dan %*
Energetik qiymati kkal/kJ1950/466275/66 
Oqsil, g12,81,8 
 sut zardobi oqsillari/kazein, %30/70  
Taurin, mg456,3 
Yog’, g182,54 
Sut yog’i,  yog’ning   umumiy miqdoridan %25  
Linol kislotasi, g3,30,47 
a-linol kislotasi, g0,40,06 
dokozageksayen kislotasi, mg355 
Uglevodlar, g63,18,9 
  laktoza, g27,53,9 
Prebiotiklar: 2’- fukozillaktoza, mg13920 
Mineral moddalar:   
   kalsiy, mg6809612
   fosfor, mg450639
   kaliy, mg75010626
   natriy, mg260377
   magniy, mg771114
   mis, mkg3605110
   marganets, mkg6910 
   temir, mg8,31,212
   rux, mg40,612
   xloridlar, mg420597
   yod, mkg931319
   selen, mkg91,38
Vitaminlar:   
   retinol (А), mkg-ekv4866915
   tokoferol (Е), mg7,51,126
   kalsiferol (D), mkg8,21,212
   К vitamini, mkg314,415
   tiamin (В1), mkg6919712
   riboflavin (В2), mkg125917820
   pantoten kislotasi, mg3,80,5321
   piridoksin (В6), mkg577819
   niatsin (РР), mg6,50,9211
   foliy kislotasi (Вс), mkg901313
   sianokobalamin (В12), mkg1,50,2130
   askorbin kislotasi (С), mg831226
   biotin, mkg21330
Inozit, mg324,58
Xolin, mg507,19
Osmolyallik, mOsm/kg 305 
* - bir yoshdan katta bolalar uchun ozuqaviy moddalarga bo’lgan fiziologik ehtiyojning tavsiya etilgan kunlik normasi

Reviews

Вопросы

Bir yoshdan keyin bola huddi shunday o’sadi va rivojlanadi. Demak, unda turli xil ozuqa moddalarga yuqori ehtiyoj saqlanadi. Agar ota-ona bolani ovqatlantirishda umumiy oilaviy stolga o’tkazishgan bo’lsa, oqsil, yog’lar, vitaminlar va mikroelementlar yetishmovchiligi shakllanishi ehtimoli bor. Bu haqda ilmiy tadqiqotlar shuni aytishadi: ko’pchilik 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar organizmida oqsil, vitamin D, kalsiy va temir yetishmaydi.

Bir yoshdan katta bolalar uchun bolalar sutli ichimliklari ushbu davrda bolaning unga kerak bo’lgan ozuqaviy moddalarga ehtiyojlarini qoplash hisobi bilan maxsus yaratilgan. Shuning uchun bir yoshdan katta bolalar ratsioniga sutli ichimlik kirishi shart (uni yana “uchinchi” formula deydilar). 

Uni qabul qilish uchun optimal sxema: 200 ml. dan kuniga 1-2 maxal.

Prebiotiklar – bu ichakdagi do’st-mikroblar uchun ozuqa moddalardir. Prebiotiklar foydali bakteriyalar o’sishi uchun zarurdir.

Prebiotiklar ovqat hazm qilish traktining mikroflorasida yashaydigan foydali bakteriyalar uchun ozuqa bo’lib xizmat qiladilar. 

  • immunitetni mustaxkamlaydilar (organizmning viruslarga va bakteriyalarga qarshilik ko’rsata olishini kuchaytiradilar), respirator va ichak kasalliklari vaqtida tuzalishga yordam beradilar.
  • ichakda zararli bakteriyalar o’sishi va rivojlanishini pasaytiradi
  • ichak devoriga ta`sir qiladi va ichak ichidagilarning harakati bo’yicha uning funksiyalarini yaxshilaydilar – ichak sanchiqlarini va qabziyatni oldini olish uchun.

Omega-3 – bu organizmga kerakli, lekin organizm tomonidan ishlab chiqarilmaydigan ko’p to’yinmagan yog’li kislotalardir.

Omega-3 bizning organizmda ko’p jarayonlarga va tizimlarga ta`sir qiladi:

  • Asab tizimi. Miya tuzilmasining rivojlanishiga va bolaning o‘z vaqtida asab-psixik rivojlanishiga  yordam beradi.
  • Ko’rish qobiliyati. Omega-3 ko’z to’r pardasining shakllanishida ishtirok etadi, demak ko’zning ravshanligiga ijobiy ta`sir qiladi.
  • Yurak-qon tomir tizimi. Omega-3 tomirlar devorining hujayra membranalari shakllanishida ishtirok etadi va aterosklerotik blyashkalar paydo bo’lish jarayonini sekinlashtiradi.
  • Immun tizimi. Omega-3 immun javobini rag’batlantiradilar va immunitetga yordam beradilar.
Яндекс.Метрика