Top.Mail.Ru

18 oydan katta bolalarni oziqlantirish uchun sutli quruq ichimlik

1,5 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan kichkintoyning ovqat hazm qilish xususiyatlariga maxsus moslashtirilgan. 

Kattalarning ovqat mahsulotlariga bosqichma-bosqich o’tishni ta`minlaydi.
 

Tarkib xususiyatlari:

Prebiotiklar (fruktooligosaxaridlar) - foydali ichak mikroflorasining o’sishiga va qabziyatning oldini olishga yordam beradi.

Muvozanatlashtirilgan vitamin va mineral kompleksi - kichkintoy hayotining faol davrida uyg’un o’sishi va rivojlanishiga hissa qo’shadi.

Antioksidant kompleks (A, E, C vitaminlari + selen) va biologik muhim nutriyentlar (taurin, biotin, xolin, inozitol) - bolani atrof-muhitning salbiy omillaridan himoya qilishga yordam beradi.

Nutrilak 4 bolalar sutining yoqimli vanil ta`mi, albatta, sizning kichkintoyingizga yoqadi.

Tarkibida GMO, konservantlar, bo'yoq va xushbo’ylantiruvchi moddalar mavjud emas.  

Tayyorlash usuli:

  1. Bir porsiya ichimlikni tayyorlash uchun toza idishga 210 ml 40 - 45°C gacha isitilgan bolalar uchun ichimlik suvini quying. Bolalar uchun ichimlik suvi bo’lmaganda, 40-45°С gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanish mumkin.
  2. 7 o’lchov qoshiq *(32,9 g) quruq ichimlik qo’shing, pichoqning o’tmas tomoni bilan qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
  3. Ichimlikni to’liq eriguncha yaxshilab aralashtiring.

Ogohlantirish

Ichimlikni bevosita oziqlantirishdan oldin tayyorlang.

Tayyorlangan ichimlik qoldiqlaridan keyingi oziqlantirish uchun foydalanmang.

Saqlash sharoiti:
 

Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25˚С gacha bo’lgan haroratda va 75% dan ko’p bo’lmagan nisbiy namlikda saqlang. Qadoqni ochgandan so’ng, quruq aralashmani 3 haftadan ko’p bo’lmagan muddat quruq, salqin joyda saqlang, lekin sovutgichda emas.

Tarkibi: yog‘sizlantirilgan quruq sut, maltodekstrin, o‘simlik yog`lari (palma, kokos, soya, kungaboqar yuqori oleinli), quruq demineralizatsiyalangan sut zardobi, shakar, fruktooligosaxaridlar, mineral moddalar (kaliy sitrat, kalsiy fosfat, kalsiy karbonat, natriy xlorid, magniy xlorid, temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), tabiiy xushbo'y modda (vanil), vitamin kompleksi (L-askorbin kislotasi, Dl-alfa-tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy D-pantotenat, piridoksin gidroxlorid, retinol asetat, riboflavin, tiamin gidroxlorid, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, siyankobalamin), xolin bitartrat, taurin, Inozit, emulgator (soya lesitini), antioksidlovchi (L-askorbilpalmitat)

  
Ozuqaviy qiymati: 100 g quruq ichimlikda 100 ml tayyor ichimlikdaFETEKNning % *
Energetik qiymati kkal, kDj /kkal1939 / 463273 / 65 
Oqsil, g12,71,8 
   sut zardobi oqsillari/kazein, %30/70  
Taurin, mg354,9 
Yog’, g182,54 
   Lonol kislotasi, g3,20,45 
   a-lonol koslotasi, g0,330,05 
Uglevodlar, g61,98,7 
   laktoza, g27,83,9 
   saxaroza, g71 
Prebiotiklar: fruktooligosaxaridlar, g1,40,2 
Mineral moddalar:   
   kalsiy, mg6809612
   fosfor, mg450639
   kaliy, mg75010626
   natriy, mg260377
   magniy, mg771114
   mis, mkg3605110
   marganets, mkg6910 
   temir, mg8,31,212
   ruh, mg40,612
   xloridlar, mg420597
   yod, mkg931319
   selen, mkg111,610
Vitaminlar:   
   retinol (А), mkg-ekv4866915
   tokoferol (Е), mg7,51,126
   kalsiferol (Д), mkg8,21,212
   vitamin К, mkg314,415
   tiamin (В1), mkg6919712
   riboflavin (В2), mkg125917820
   pantoten kislotasi, mg3,80,5321
   piridoksin (В6), mkg577819
   niatsin (РР), mg6,50,9211
   foliy kislotasi, mkg901313
   sianikobolamin (В12), mkg1,50,2130
   Askorbin kislotasi (С), mg831226
   biotin, mkg21330
Inozit, mg324,58
Xolin, mg731013
Osmolyallik, mOsm/kg 270 
* - bir yoshdan oshgan bolalar uchun ozuqaviy moddalarga bo’lgan fiziologik ehtiyojning tavsiya etilgan kunlik normasi

Reviews

Яндекс.Метрика