Top.Mail.Ru

Bir yoshgacha bo‘lgan bolada ich qotishi. Nima qilish kerak?

Submitted on: 29.08.2025
Time to read: 3 daqiqa
count Просмотры: 13

Ich qotishi (qabziyat) nima?

Ich qotishi (qabziyat) - bu najasning konsistensiyasi o‘zgarishi va tezligi yoshga oid (jadvalda ko‘rsatilgan) me’yordan kam bo‘lishi.

Bolaning yoshi Haftadagi ich kelishi soni Bir kunda ich kelishi soni
0 - 3 oylik (ko‘krak suti bilan oziqlantirish 5 – 40 2,9
0 - 3 oylik sun’iy oziqlantirish 5-20 2,0
6 – 12 oylik 5 - 28 1,8
1 – 3 yosh 4 - 21 1,4
4 va undan katta yosh 3 - 14 1,0

Shuningdek, bolada ichakning to‘liq bo‘shatilmasligi yoki og‘riqli bo‘shashi ham qabziyat deb hisoblanadi:

  • Bola qattiq kuchanadi, axlat chiqarayotganda yig‘laydi.
  • Axlat qattiq bo‘ladi, anal yoriqlar va qon izlari paydo bo‘lishi mumkin.
  • Taglik tez-tez ifloslanadi, ammo axlat to‘liq chiqmaydi.

Muhim! Qabziyatni funksional disxeziyadan farqlash lozim. Agar bola kuchanib, ingransa, bir necha kun davomida ichi kelmasa, ammo axlat yumshoq va shakllanmagan bo‘lsa - bu qabziyat emas, balki disxeziyadir. Bu fiziologik holat hisoblanadi. U chaqaloqning oshqozon-ichak traktining to‘liq yetilmaganligi bilan bog‘liq.

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ich qotishi sabablari

  • Emizikli onaning ovqatlanish ratsionining muvozanatli emasligi
  • Jismoniy faollikning pastligi
  • Qo‘shimcha ovqat kiritish paytida bola ratsionining o‘zgarishi
  • Bolaning ratsionida kletchatka yetishmasligi
  • Bola ratsionining keskin o‘zgarishi, masalan, sun’iy oziqlantirishga o‘tish
  • Mos kelmaydigan aralashma
  • Aralashmani noto‘g‘ri tayyorlash
  • Laktaza yetishmovchiligi
  • Sigir suti oqsiliga reaksiya

Ich qotishi paytida bolaga qanday yordam berish mumkin?

✅Ko‘krak suti bilan boqilayotgan bolada qabziyat takrorlansa, ona 2 hafta davomida o‘z ratsionidan sut va sutli mahsulotlarni chiqarib tashlashi lozim. Agar ich kelishi yaxshilanmasa, buning sababi boshqa narsada bo‘ladi.

✅Agar bola sun’iy ovqatlantirilayotgan bo‘lsa, boshqa turdagi aralashmaga o‘tish yoki chaqaloq ratsioniga nordon sutli aralashmani qo‘shish masalasini pediatr bilan muhokama qiling.

✅Agar bolaga allaqachon qo‘shimcha ovqat berilayotgan bo‘lsa, unga kletchatkaga boy yangi sabzavot va mevalar bering.

✅Harakat faolligini oshiring: gimnastika qildiring, «velosiped» mashqini bajartiring, chaqaloqni qornida yotqizing, polda emaklashi va o‘ynashiga imkon yarating.

✅Bolaning qorin, son va dumba sohasida massaj qiling.

✅Yarim o‘tirgan holatda iliq suvli vannaga tushiring: bolaning tanasi 45° burchak ostida, suv esa kindik darajasida bo‘lsin.

Bolada ich qotishi holatida nima qilish mumkin emas?

❌Shifokorning ko‘rsatmasisiz surgi dorilar va klizmalarni qo‘llash.

❌Xalq tabobati vositalarini qo‘llash, ich kelishini mexanik tarzda stimulyatsiya qilish.

Muhim! Agar chaqaloqda tug‘ilgandan keyin mekoniy (birinchi axlat) kechikib yoki huqna/stimulyatsiya qilishdan so‘ng ajralgan bo‘lsa - pediatr yoki gastroenterolog shifokorga qabziyat muammosi bilan murojaat qilganingizda bu haqda albatta ma’lum qiling!

Qanday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat etish kerak?

  • 1 oylikdan kichik chaqaloqda ich qotishi.
  • Axlatda qon bo‘lishi.
  • Ich qotishi fonida qayt qilish va isitma chiqishi.
  • Anal yoriqlar.

Bolaning ichi kelishi bilan bog‘liq har qanday tashvishli holat yuzaga kelsa, zudlik bilan pediatr yoki gastroenterologga murojaat qiling. O‘z vaqtida davolash va oddiy profilaktika chora-tadbirlari chaqaloqdagi ich qotishi muammosini tez hal qilishga yordam beradi.

Яндекс.Метрика