Bir yoshli go‘dak endi chaqaloq emas, lekin hali katta bola ham emas. Bu yoshda oshqozon-ichak trakti hali yetarlicha rivojlanmagan, ovqat hazm qilish tizimi shakllanishda davom etayotgan bo‘ladi. Shu sababli ovqatlanish o‘ziga xos bo‘lishi lozim – bu ko‘krak suti yoki sun’iy aralashmalardan hamda pyuresimon qo‘shimcha ovqatlardan «kattalar» taomiga o‘tish davri hisoblanadi. Taomlar yumshoq, oson hazm bo‘ladigan va tarkibi moslab tayyorlangan bo‘lishi kerak.
1. Sut mahsulotlari — ratsionning asosini tashkil etadi. Ular hayvon oqsili, yog‘, kalsiy va vitaminlarning manbai hisoblanadi. Kichkintoy har kuni turli ko‘rinishdagi sutli mahsulotlardan taxminan 450 ml iste’mol qilishi lozim, masalan:
- Sut (bo‘tqalardagi)
- 1 yoshdan oshgan bolalar uchun maxsus sutli ichimliklar - uchinchi formulali (hatto bola ona suti bilan boqilayotgan bo‘lsa ham)
- Qatiqli ichimliklar (kefir, biolakt, qo‘shimchasiz yogurt)
- Tvorog (kunora 70-80 g)
- Pishloq (kuniga 10 g, faqat nordon bo‘lmagan navlari)
2. Go‘sht va parranda go‘shti — oqsil va temir manbaidir:
- mol go‘shti,
- buzoq go‘shti,
- quyon go‘shti,
- kurka go‘shti,
- tovuq go‘shti (terisiz).
3. Baliq – haftada 2-3 marta go‘sht o‘rniga. Yog‘siz navlardan boshlang:
4. Tuxum – oqsil, vitaminlar, fosfor va temir manbai. Haftasiga 2-3 dona: qattiq qaynatilgan yoki omlet shaklida berish mumkin.
5. Sabzavotlar – vitamin, minerallar va oziq tolalar manbai sifatida muhim. Ular kundalik ovqatlanishda bo‘lishi shart. Pyure, zapekanka, dimlama va iliq salatlar ko‘rinishida beriladi. Eng yaxshi variantlar:
- kabachok,
- gulkaram,
- brokkoli,
- sabzi,
- oshqovoq,
- kartoshka (umumiy sabzavotlar hajmining 1/3 qismidan oshmasligi kerak).
6. Meva va rezavorlar - vitaminlarning muhim manbai hisoblanadi:
- olma,
- nok,
- banan,
- olxo‘ri,
- qora smorodina,
- chernika va boshqalar.
7. Yormalar, makaron mahsulotlari – bo‘tqa va garnirlar uchun donli asosdir. Ular o‘simlik oqsillari, oziq tolalar, kraxmal, B guruhi vitaminlari va mineral moddalarga boy:
- grechka,
- guruch,
- makkajo‘xori,
- suli,
- bug‘doy.
8. Non – kuniga taxminan 30-40 gramm javdar va 60 gramm bug‘doy noni.
9. O‘simlik va hayvon yog‘lari - tarkibida to‘yingan va ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalari, yog‘da eruvchi vitaminlar mavjud:
- Sariyog‘ (kuniga 5-10 gramm).
- O‘simlik (kungaboqar, zaytun, makkajo‘xori) yog‘i – (kuniga 5-7 gramm) sabzavotli taomlar va bo‘tqalarga qo‘shiladi.
Yangi mahsulotlar hali ham bolaning reaksiyasini kuzatgan holda, ehtiyotkorlik bilan kiritiladi. Agar kichkintoy biror taomni rad etsa, bolaga majburlab yedirmang, bir necha kundan keyin uni yana berib ko‘ring.