Top.Mail.Ru

Bolalardagi qorin sanchiqlari

Submitted on: 15.08.2025
Time to read: 3 daqiqa
count Просмотры: 8

Qorindagi sanchiq – go‘dakning bezovtalanishi va yig‘isining sababi bo‘lishi mumkin.

1. Bolaning qornida sanchiq paydo bo‘lganini qanday bilsa bo‘ladi?

  • Bezovtalik va yig‘i kutilmaganda boshlanadi.
  • Kuniga kamida 3 soat davom etadi.
  • Haftasiga 3 marta yoki undan ko‘p takrorlanadi.

Muhim! Qorindagi sanchiq kasallik emas. Bu 2-3 haftalik chaqaloqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan funksional holat hisoblanadi. Ko‘pincha, u 3 oylikka kelib o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.

2. Bolaning qornida sanchiq paydo bo‘lishining sabablari

Aniq sabablari to‘liq ma’lum emas. Ehtimoliy omillar:

  • Ovqat hazm qilish tizimining yoshga xos xususiyatlari yoki chala tug‘ilganlik.
  • Oziq-ovqat tarkibidagi moddalarga, xususan sigir suti oqsiliga nisbatan reaksiya.
  • Chaqaloqning asab tizimining o‘ta sezgirligi.
  • Kesarcha kesish orqali tug‘ilish.
  • Onaning xavotirchanligi.
  • Atrofdagi kattalarning tamaki chekishi.

3. Sanchiq qorinda gaz yig‘ilib qolishi holatidan qanday farq qiladi?

  • Qorindagi sanchiq: sababsiz uzoq muddat yig‘lash.
  • Qorinda gaz yig‘ilib qolishi: ichakda havo yoki gazning yig‘ilib qolishi noqulaylik keltirib chiqaradi.

Bolaning qornida gaz yig‘ilib qolganini qanday bilish mumkin?  Chaqaloq kuchanadi, taranglashadi, gaz yoki axlat chiqib ketgandan so‘ng yig‘isi pasayadi. Yoki bolaning qornida quldirash paydo bo‘ladi va bola bezovtalana boshlaydi.

4. Bolada qorin sanchiqlari kuzatilganda unga qanday yordam berish mumkin?

  • Osoyishta muhit yarating: xonani xiragina yoriting, chaqaloqni qo‘lingizga oling.
  • Chalg‘ituvchi usullar:
    • «Oq shovqin» - fen, chang yutgich yoki kir yuvish mashinasi ishlayotgan ovoz.
    • Chayqatish, aravachada sayr qilish yoki mashinada aylantirib kelish.
  • «Teriga teri» aloqasi: tanangizning harorati chaqaloqni tinchlantiradi.
  • Onaning ovqatlanishi: agar bolani emizayotgan bo‘lsangiz, 7-14 kun davomida sigir suti oqsilini iste’moldan chiqarishga harakat qiling. Agar ahvol yaxshilanmasa, odatdagi ovqatlanish tartibingizga qayting.

Muhim! Eng asosiysi - o‘zingizni xotirjam tuting. Esda saqlang, bu o‘tkinchi holat, tezda o‘tib ketadi!

5. Bolaning qornida gaz yig‘ilib qolganda unga qanday yordam berish mumkin?

  • Bola qornida hosil bo‘lgan ortiqcha gazni chiqarishga yordam berish:: 
    • Bolaning qorinchasini soat yo‘nalishi bo‘yicha aylanma harakatlar bilan yengil massaj.
    • Bolani kuniga bir necha marta qornida yotqizing.
    • Agar boshqa usullar natija bermasa, gaz chiqaruvchi naychadan foydalaning.
  • Issiqlik: chaqaloqni iliq suvli vannaga tushiring yoki qorniga isitilgan yo‘rgak qo‘ying

Gimnastika: chaqaloqning oyoqlarini bukib va yozib, «velosiped» mashqini bajaring.

6. Pediatrga qachon murojaat qilish kerak?

Agar quyidagi xavfli belgilar («qizil bayroqlar») paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling:

  • Yig‘lash xurujlari har kuni sodir bo‘ladi va kuniga 3 soatdan ancha ko‘proq davom etadi.
  • Axlatda qon bor.
  • Chaqaloqning vazni kamayadi yoki vazn qo‘shilishi to‘xtaydi.

Tana harorati 38°C dan yuqoriga ko‘tariladi

7. Xotirjamlikni saqlang va xavfli belgilarga («qizil bayroqlar») e’tibor bering

Xotirjamligingiz, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlashingiz va harakatlaringizga ishonch hosil qilishingiz bu qiyin davrni yengib o‘tishingizga yordam beradi. Lekin chaqaloqning ahvoli sizni tashvishga solsa, albatta pediatrga murojaat qiling!

Яндекс.Метрика