Top.Mail.Ru

Uy sharoitida bolalar uchun tvorog qanday tayyorlanadi va bunga zaruriyat bormi

Submitted on: 16.09.2025
Time to read: 3 daqiqa
count 13

Tvorog bolaning ovqatlanish ratsionidagi salomatlikka foydali mahsulotlardan biri. U suyak va tishlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan kalsiy hamda fosfor, mushaklarning o‘sishiga yordam beradigan oqsil, asab tizimi va immunitetni qo‘llab-quvvatlovchi B guruhi vitaminlariga boy.

Pediatrlar tvorogni bolaga qo‘shimcha ovqat sifatida 8-9 oylikdan boshlab berishni tavsiya qiladi. Bunda yarim choy qoshiqdan boshlab, asta-sekin miqdorini ko‘paytirib borish va bir yoshga kelganda kunlik me’yorni 50 grammgacha yetkazish mumkin. Bir yoshgacha bo‘lgan davrda sanoat usulida tayyorlangan tvoroglarni tanlagan ma’qul. Bunday tvoroglar oson hazm bo‘ladigan zardob oqsillari bilan boyitilgan va ancha yumshoq bo‘ladi.

Bir yoshdan oshgan bolalar uchun tvorogni uy sharoitida tayyorlab ko‘rish mumkin.

Uy sharoitida bolalar uchun tvorog tayyorlash qoidalari

  1. Tvorogni tayyorlashda foydalaniladigan idish-tovoqlar toza, siqish uchun ishlatiladigan doka esa yangi va oldindan qaynoq suvga solib olingan bo‘lishi lozim. Doka o‘rniga kichik, zich elakdan foydalanish mumkin.
  2. Tvorogni retseptga qat’iy amal qilgan holda tayyorlash zarur.

Bolalar tvorogi uchun sut qanday tanlanadi

  • Qisqa muddat saqlanadigan pasterizatsiyalangan sutdan foydalaning - u xom sutga nisbatan xavfsizroq va o‘zida foydali xususiyatlari saqlab qoladi;
  • Ultra pasterizatsiyalangan va uzoq muddat saqlanadigan sut unchalik to‘g‘ri kelmaydi: yuqori darajada ishlov berilganligi tufayli yaxshi ivimaydi;
  • Fermalardan keltirilgan sutni olayotgan bo‘lsangiz, uni albatta kamida 5 daqiqa qaynatish kerak, aks holda xavfli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi zararli mikroblar tushishi xavfi mavjud.

Bolalar uchun uy sharoitida tvorog qanday tayyorlanadi

Sinovdan o‘tgan ikkita retseptni taklif qilamiz:

1-variant. Kefirdan(qatiq) tayyorlanadigan an’anaviy tvorog

Masalliqlar:

Sut - 0,5 l

Qatiq - 200 ml

Tayyorlash usuli:

Sutni past olovda qaynash darajasiga yetkazamiz. Qaynay boshlashi bilanoq, unga qatiq qo‘shamiz. Taxminan 10 daqiqadan so‘ng massa ivib, quyuqlasha boshlaydi. Uni dokada suzib olamiz. Tvorog tayyor.

Maslahat: sutni qaynatib yubormang, aks holda tvorog qattiq bo‘lib qoladi.

2-variant. Uy sharoitida bug‘da tayyorlangan tvorog

Masalliqlar:

Sut - 200 ml.

Bolalar kefiri - 200 ml.

Tayyorlash usuli:

Multivarka idishiga sut va kefir solib, «dimlash», «sho‘rva» yoki «bo‘tqa» rejimini tanlaymiz. Taxminan 15 daqiqadan so‘ng pastda suv, yuqorida esa oq qatlam paydo bo‘ladi. Bu qatlamni teshikli qoshiq bilan olib, kichik chovliga solamiz. Suvini oqizib, bir soat tindiramiz. Tvorog tayyor.

Balki tayyor bolalar tvorogini tanlagan ma’quldir?

Ha, shu variant ma’qulroq.

Birinchidan, uyda tvorog tayyorlash ko‘p vaqt oladi, keyin esa idish-tovoqlarni yuvish kerak. Bularning barchasi atigi 50 gramm mahsulot olish uchun.

Ikkinchidan, uy sharoitida tayyorlangan tvorog doim ham go‘daklar uchun xavfsiz emas. Hatto idishlarga puxta ishlov berilganda ham, zararli mikroblar tushib qolishi mumkin. Shuningdek, uyda bir tekis aralashtirish qiyin, dag‘al donachalar esa bolada qusish refleksini keltirib chiqarishi mumkin. Haddan tashqari qizdirilgan tvorog esa juda nordon bo‘lib qolib, bolaning nozik oshqozonini bezovta qilishi mumkin.

Shu sababli biz ishonchli brendlarning tayyor bolalar tvorogini ma’qul ko‘ramiz. U yuqori sifatli sutdan qat’iy nazorat ostida tayyorlanadi. Mahsulotning quyuqligi bolalar uchun juda mos bo‘lib, yog‘lilik va nordonlik darajasi me’yorlarga to‘liq javob beradi. Bundan tashqari, bolalar tvorogi ko‘pincha D va B vitaminlari bilan boyitiladi.

Birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida shakarsiz tvorogni tanlash maqsadga muvofiq, chunki bolani yoshligidan shirinlikka o‘rgatib qo‘ysangiz, keyinchalik uni to‘g‘ri ovqatlanishga yo‘naltirish ancha mushkul bo‘ladi.

Xulosalar

  1. Tvorog bolaning 8-9 oyligidan boshlab ovqatlanish ratsionida bo‘lishi kerak bo‘lgan foydali mahsulotdir.
  2. Uy sharoitida tvorog tayyorlash uchun saqlash muddati qisqa bo‘lgan pasterizatsiyalangan sutni tanlash maqsadga muvofiq.
  3. Uyda bolalar tvorogini tayyorlash uchun ikkita sinovdan o‘tgan retsept mavjud.
  4. Tayyor bolalar tvorogini sotib olish afzalroq. U muvozanatli, xavfsiz va bolalar uchun ideal quyuqlikka ega.
Яндекс.Метрика