Top.Mail.Ru

NutriMa Femilak 5 tasi 1 da - homilador va emizikli ayollar qo’shimcha ovqatlanishi uchun iste`mol qilishga tayyor sutga asoslangan maxsus mahsulot.

Foydalanish bo’yicha tavsiyalar:

Tayyorgarlik davrida va homiladorlik paytida:
Ayolning yuqori sifatli oqsil, foliy kislotasi, omega–3 yog’ kislotalari, kalsiy, temir, B guruhi vitaminlari va boshqa nutriyentlarga qo’shimcha ehtiyojlarini ta`minlaydi
Xomilaning to’g’ri shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta`sir qiladi

Emizish davrida:

Ko’krak suti sifatini yaxshilashga yordam beradi
Ayol tanasini zarur oziq moddalar va energiya bilan ta`minlaydi
Tug’ruqdan keyin ayolning tiklanishiga yordam beradi

TARKIBI XUSUSIYATLARI: 

  1. Yuqori sifatli oqsil – Optimal moddalar almashinuvi, organizmni xomilaning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan muhim aminokislotalar bilan to’yintirish uchun
  2. Foliy kislotasi – Xomila asab tizimining to’g’ri rivojlanishi uchun
  3. Omega-3 yog'li kislotalari (DHA, EPA) - Xomilaning miya va ko’rish qobiliyati shakllanishi uchun
  4. Prebiotiklar (inulin) – Ovqat hazm qilishni yaxshilash va ich qabziyatning oldini olish uchun
  5. Vitamin va mineral kompleksi – Xomilaning to’liq rivojlanishi va xomiladorlik va tug’ruqdan keyingi davrda onaning salomatligini qo’llab-quvvatlash uchun

Vitaminlar:

Е vitamini - homiladorlikning normal kechishiga yordam beradi, homilaning ona qornida rivojlanishini rag’batlantiradi, homiladorlikning erta tugashining oldini oladi.
С vitamini - immunitetni saqlashga yordam beradi.
В guruhi vitaminlari – asab tizimiga ijobiy ta`sir qiladi.
D vitamini - xomila suyaklarining shakllanishi uchun zarur bo'lgan kalsiy va fosfor darajasini tartibga soladi.

Makro- va mikro elementlar:

Yod - onada yod tanqisligining oldini olishni ta`minlaydi va homilada qalqonsimon bezning to’g’ri shakllanishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Temir - qon hosil bo’lishi jarayonlariga ta`sir qiladi, anemiyaning oldini olishga yordam beradi.
Kalsiy va fosfor - optimal nisbat kalsiyning samarali so’rilishini ta`minlaydi, homila suyak to’qimalarining to’liq shakllanishiga yordam beradi va bo’lajak onada osteoporoz rivojlanishining oldini oladi.

PALMA YO’GI MAVJUD EMAS
SHAKAR MAVJUD EMAS
GMO MAVJUD EMAS

Tayyorlash usuli:
Iste’mol qilishdan oldin aralashmali qadoqni chayqating

Saqlash sharoitlari:
Qadoqni ochishdan oldin mahsulotni 2 dan 25 ºС  gacha bo’lgan haroratda va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang.
Qadoqni ochgandan so’ng, mahsulotni muzlatgichda 48 soatdan ko’p bo’lmagan vaqt davomida saqlash mumkin

Tavsiya etilgan kunlik ehtiyoj: 1 -2 porsiya (200-400 ml)
1 porsiya 200 ml – 156 kkal

Tarkibi: suv, quruq yog’sizlantirilgan sut, glyukoza qiyomi, quruq qaymog’i olinmagan sut, o’simlik yog’lari (soya, kungaboqar yuqori oleinli), inulin, mineral moddalar (kalsiy fosfat, natriy sitrat, magniy xlorid, temir sulfat, rux sulfat, kalsiy karbonat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), xushbo’ylantiruvchi modda (vanil), vitaminlar (askorbin kislotasi, tokoferol asetati, nikotiamid, kalsiy – D – pantotenat, piridoksin gidroxloridi, riboflavin, foliy kislotasi, tiamin gidroxloridi, retinol asetati, D-biotin, filloxinon, xolekalsiferol, sianokobalamin), baliq yog’i (dokozageksayen DHA va eykozapentayen EPA kislotalar manbai), inozit, taurin, emulgator (soya lesitini), antioksidlovchi  (L-askorbilpalmitat).

Ozuqaviy qiymati 100 ml mahsulotda200 ml da FETEKN dan % 
***
Energetik qiymati kkal/kJ78/32776
Oqsil, g3,587
Taurin, mg10  
Yog’, g1,333
Sut yog’i,  yog’ning  umumiy miqdoridan %30  
Linol kislotasi, g0,36  
a-linol kislotasi, g0,05  
dokozageksayen kislotasi, mg3  
eykozapentayen kislotasi, mg0,6  
Uglevodlar, g13,288
  Laktoza, g5,4  
Prebiotiklar (inulin), g0,222
Mineral moddalar:   
   kalsiy, mg1702624
   fosfor, mg1242525
   kaliy, mg1701414
   natriy, mg6099
   magniy, mg2099
   mis, mkg801511
   marganets, mkg2222
   temir, mg42444
   rux, mg2,53333
   xloridlar, mg10899
   yod, mkg252317
   selen, mkg72222
Kul, kg1,2  
Vitaminlar:   
   retinol (А), mkg-ekv1102217
   tokoferol (Е), mg1,72018
   kalsiferol (D), mkg1,52424
   К vitamini, mkg101717
   tiamin (В1), mkg1501817
   riboflavin (В2), mkg1501514
   Pantoten kislotasi, mg13329
   piridoksin (В6), mkg1801614
   niatsin (РР), mg1,41312
   foliy kislotasi (Вс), mkg1404756
   sianokobalamin (В12), mkg0,74040
   Askorbin kislotasi (С), mg204033
   biotin, mkg104040
Inozit, mg1144
Xolin, mg1255

FETEKN – homiladorlik* va bolani ovqatlantirish** davrida ayollar uchun energiya va ozuqaviy moddalarga bo’lgan fiziologik ehtiyojning tavsiya etilgan kunlik normasi 

Reviews

Вопросы

Toksikoz – bu ovqatlanish holatining buzilishi hisoblanadi (hamma kerakli nutriyentlar bilan ta`minlanganlikning) buzilishidir. To’g’ri ovqatlanish va Femilak maxsus ozuqa ko’rinishida qo’llab-quvvatlash toksikozning oldini olishga yordam beradi va uning ko’rinishlarini yengillashtiradi.

Яндекс.Метрика