Ha, bolani faqat nordon sutli aralashma bilan ovqatlantirish mumkin.
Ayniqsa, agar buni bolaning oshqozon-ichak trakti holatlari talab qilsa: ichak sanchiqlari, qabziyat.
Klinik ilmiy tadqiqotlar faqat nordon sutli aralashma bilan ovqatlantirilganda bola organizmida kislota-ishqor almashinuvida buzilishlar aniqlanmadi. Ichak sanchiqlari kamayishi va yo’qolishi, najasning tez-tezlik bilan normallashishi ko’rinishidagi ijobiy effektlar esa tez, o’rtacha 5-7 kunda bilindi.
Nordon sutli aralashmani standartli bilan aralashtirish mumkin.
Optimal proportsiya: 50:50. Masalan, agar sutkada aralashma bilan umumiy 6 marta ovqatlantirilsa, 3 marta ovqatlantirish standart aralashma bilan va 3 marta ovqatlantirish nordon sutli aralashma bilan.
bolalar ichak sanchiqlarida va qorin dam bo’lishida, qabziyatda
-antibiotiklar qabul qilgan vaqtda ichak mikrobiotasi tarkibida buzilishlarda va uni oldini olish uchun
-nordon sutli aralashmalar ichak infeksiyalarini oldini olish uchun va o’tkir respirator va ichak infeksiyalaridan keyin sog’ayish davrida tavsiya qilinishi mumkin*
Ivitish jarayonida ishlab chiqiladigan maxsus moddalar nordon sutli aralashmaga ovqat hazm qilishning hamma bosqichlarini tezroq o’tishga imkon beradilar, ichakning harakat faolligini yumshoq rag’batlantiradilar. Nordon sutli aralashmalarni ko’pincha boyitadigan tirik bakteriyalar, ichak mikroflorasining holatini yaxshilaydi, demak immunitetga qo’shimcha (ichakning foydali bakteriyalari orqali) va ijobiy ta`sir qiladilar.