Top.Mail.Ru

Bolalar uchun hayotining birinchi kunlaridan boshlab parhezli davolovchi ovqatlanishi uchun laktozasiz chuqur gidrolizlangan zardob oqsiliga asoslangan to'liq, muvozanatlashtirilgan aralashma.

Foydalanish uchun ko'rsatmalar:

ko'plab oziq-ovqat allergiyalari va/yoki og'ir oziq-ovqat allergiyalarida (sigir suti oqsillariga yoki boshqa qishloq xo’jaligi hayvonlari sutiga, soyaga allergiya)
ichakdagi malabsorbsiya sindromida (ichakdan so'rilishining buzilishi)

Tarkibining afzalligi:

CHUQUR GIDROLIZLANGAN OQSIL qisqa peptidlar va erkin aminokislotalarga parchalangan, allergiyaga olib kelmaydi.
O’ZT (o'rta zanjirli triglitseridlar) yog' komponentining so'rilishini osonlashtiradi.
LAKTOZASIZ

To’laqonli rivojlanish uchun muhim komponentlar:
OMEGA-3 (DHA)max */OMEGA-6 (ARA) max* intellekt  rivojlanishi va  ko’z o’tkirligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Aralashmadagi DHA manbai baliq yog'i emas (unda oqsil izlari - allergen bo'lishi mumkin), balki mikro suv o’tlaridan olingan yog'dir.

LGG LACTOBAKTERIYALARI – DUNYODAGI 1-RAQAMLI PROBIOTIK
atopik dermatitdan (ekzema) himoya qiladi
respirator va ichak infektsiyalaridan himoya qiladi
immunitetni qo'llab-quvvatlaydi

* max – DHA/ARA ning yuqori tarkibi allergiyasi bo‘lgan bolalarning yuqori ehtiyojlarini qondiradi
Aralashma ovqatlanishning yagona manbai sifatida uzoq muddatli foydalanish uchun tog’ri keladi.

Muhim! Chuqur zardob gidrolizatining mavjudligi aralashmaga o'ziga xos hid va achchiqroq ta'm beradi.

Tayyorlash usuli

  1. Bolani ovqatlantirish uchun mo'ljallangan barcha idishlarni kamida 5 daqiqa qaynatib oling.
  2. Tayyorlangan idishga kerakli miqdorda 40-45 °C ga qadar isitilgan bolalar ichimlik suvini quying. Agar bolalar ichimlik suvi bo'lmasa, siz 40-45 °C gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanishingiz mumkin.
  3. Suv solingan idishga quruq aralashmaning kerakli miqdordagi o'lchov qoshiqlarini qo'shing (ovqatlantirish jadvaliga qarang), qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
  4. Idishni yopgandan so'ng, aralashma to'liq eriguncha chayqating. 
  5. Tayyorlangan aralashmaning haroratini bilagingizning ichki qismida tekshiring.

- Aralashmani bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang. 
-  Idishdagi tayyor aralashma qoldiqlarini keyingi ovqatlantirish uchun ishlatmang.

Aralashmaning hajmi va ovqatlanish soni ovqatlantirish jadvaliga muvofiq shifokor tomonidan belgilanadi.

Ovqatlantirish jadvali

Bola yoshiBitta ovqatlantirishBir kunda ovqatlantirishlar soni
 Suv hajmi, mlO`lchov qoshiqlari soni* 
0-2 hafta9036
3-4 hafta12045
2-ой oy15055
3-4 oy18065
5-6 oy21075
7 oy va undan katta21074-3

* 1 o'lchov qoshig'i - 4,3 g quruq aralashma

Diqqat! Aralashmada sut zardobi oqsili gidrolizatining mavjudligi unga o'ziga xos hid va achchiqroq ta'm beradi. Aralashmani to'liq tiklash uchun ko'proq vaqt kerak bo'ladi, agar kerak bo'lsa, yana chayqatish zarur.

Saqlash sharoiti:

  • Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25 ºС  gacha bo'lgan haroratda va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang. 
  • Qadoq ochilganidan so'ng, quruq aralashma salqin va quruq joyda  3 haftadan ko'p bo'lmagan muddatda saqlanishi mumkin.   

Tarkibi: maltodekstrin, sut zardobi oqsili gidrolizati, o‘simlik yog`lari (kungaboqar yuqori oleinli, soya, palma yog`lari), o'rta zanjirli trigliseridlar, makkajo'xori kraxmali, emulgatorlar (glitserin va limon kislotasi va yog' kislotalarining efirlari, yog' kislotalarining mono- va digliseridlari), mineral moddalar (kaltsiy fosfat, kaltsiy karbonat, kaliy fosfat, kaliy xlorid, magniy xlorid, natriy xlorid, magniy oksidi, temir (II) sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), Schizochytrium sp. Mikro suvo’tlaridan olingan yog’ (dokozageksayen kislotasi DHA manbai), ), Mortierella Alpina yog’i (araxidon kislotasi ARA manbai), vitaminlar (L-askorbin kislotasi, DL-alfa-tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy D-pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxloridi, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, D3 xolekalsiferol, sianokobalamin), xolin bitartrat, L. rhamnosus (LGG®) laktobakteriyalari konsentrati, inozit, taurin, L-karnitin, antioksidlovchi (L-askorbilpalmitat).

Tarkibida GMO mavjud emas!

Ozuqaviy qiymati  100 g quruq aralashmada  100 ml tayyor aralashmada 
Energetik qiymati kkal/kJ2108/ 503 285/ 68 
Oqsil, (ekv) g14,11,9
Taurin, mg334,5
Yog’lar, g253,4
   o'rta zanjirli triglitseridlar, yog’ning   umumiy miqdoridan %40 
   Linol kislotasi, g3,90,53
Linol kislotasi, yog’ kislotasining   umumiy miqdoridan %17 
   a- Linol kislotasi, g0,450,06
   dokozageksayen kislotasi, mg14820
   araxidon kislotasi, mg8411,4
   eykozapentayen kislotasi, mg334,4
Uglevodlar, g55,57,5
Mineral moddalar:  
   kalsiy, mg42257
   fosfor, mg25234
   kaliy, mg53372
   natriy, mg17824
   magniy, mg537,2
   mis, mkg42057
   marganets, mkg658,8
   temir, mg7,41,0
   ruh, mg6,40,9
   xloridlar, mg25434
   yod, mkg10914,7
   selen, mkg131,8
    kul, g3,80,5
Vitaminlar:  
   retinol (A), mkg-ekv51069
   tokoferol (E), mg8,91,2
   kalsiferol (D), mkg101,3
   K vitamini, mkg506,8
   tiamin (B1), mkg39954
   riboflavin (B2), mkg70595
   pantoten kislotasi, mkg2,10,3
   piridoksin (B6), mkg42858
   niatsin (PP), mkg4,10,55
   foliy kislotasi, mkg658,8
   sianokobalamin (B12), mkg2,00,27
   askorbin kislotasi (C), mg658,8
   biotin, mkg152
Inozit, mg8812
Xolin, mg11015
L-karnitin, mg111,5
Osmolyallik, mOsm/kg 210

L. rhamnosus (LGG) laktobakteriyalari soni, - 1 x 106 KHQB /g dan kam emas

Reviews

Вопросы

Ha, sigir sutining to’liq parchalangan oqsilili (to’liq gidroliz) aralashma  Nutrilak Пептидти СЦТ faqat pediatr tomonidan tayinlanishi mumkin.

Oziq-ovqat allergiyasini davolash uchun.

To’liq gidroliz aralashmani qabul qilish davomiyligi har bir bola uchun oziq-ovqat allergiyasining klinik simptomlari dinamikasi asosida pediatr tomonidan belgilanadi. Ko’pchilik hollarda to’liq parchalangan oqsilli aralashma iste`moli o’rtacha 6 oydan, ba`zida undan ko’p kerak bo’ladi.

Gidrolizat-aralashmalarga achchiq ta`mni ularni ishlab chiqarish texnologiyasi (oqsilni fermentariv gidrolizlash jarayoni) beradi. 

Ammo natijada olingan mahsulotlar sigir suti oqsilini o’zlashtira olmaydigan bolalarga sun`iy ovqatlantirishni tashkillashtirishga imkon beradigan muhim xususiyatlarga ega bo’ladilar.

Яндекс.Метрика