Top.Mail.Ru

6 oydan katta bolalarni kelgusi aralash va sun'iy oziqlantirish uchun moslashtirilgan quruq sut aralashmasi.

Tarkib xususiyatlari:

Yuqori sifatli zardob oqsili - aminokislotali tarkib zardob oqsillari bilan boyitish hisobiga yaxshilanadi.

Ko'p to'yinmagan yog' kislotalari - bolaning miyasi va ko'rish qobiliyatini rivojlantirish uchun zarurdir.

Muvozanatlashtirilgan vitaminlar kompleksi - hayotning birinchi yilidagi bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan, kichkintoyning uyg'un o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi.

Kalsiy va D vitamini - suyaklar va tishlarni mustahkamlash uchun.

Temir va rux - anemiyaning oldini olish uchun.

Antioksidant kompleks (A, E, C vitaminlari + selen) va biologik muhim nutriyentlar (taurin, biotin, xolin, inozitol) - bolani atrof-muhitning salbiy omillaridan himoya qilishga yordam beradi.

Tayyorlash usuli:

  1. Bolani oziqlantirish uchun mo’ljallangan barcha idishlarni 5 daqiqadan kam bo'lmagan vaqt davomida qaynatib oling.
  2. Tayyorlangan shishaga kerakli miqdorda 40-45°C gacha isitilgan bolalar uchun ichimlik suvini quying. Bolalar uchun ichimlik suvi bo’lmasa, 40-45°C gacha sovutilgan qaynatilgan suvdan foydalanish mumkin.
  3. Suvli shishaga kerakli miqdorda o’lchov qoshig’ida quruq aralashmani qo’shing (oziqlantirish jadvaliga qarang), pichoqning o’tmas tomoni  bilan qoshiq yuzasidan ortiqchasini olib tashlang.
  4. Shishani yopgandan so’ng, aralashma to'liq eriguncha chayqating. Tayyor aralashmaning haroratini bilagingizning ichki qismida tekshiring.

Ogohlantirish: 

Ichimlikni bevosita oziqlantirishdan oldin tayyorlang.

Tayyorlangan aralashma 2 soat davomida ishlatilishi kerak.

Tayyorlangan ichimlik qoldiqlaridan keyingi oziqlantirish uchun foydalanmang.

Saqlash sharoiti:

Qadoqni ochishdan oldin quruq aralashmani 0 dan 25˚С gacha bo’lgan haroratda va 75% dan ko’p bo’lmagan nisbiy namlikda saqlang. Qadoqni ochgandan so’ng, quruq aralashmani 3 haftadan ko’p bo’lmagan muddat quruq, salqin joyda saqlang, lekin sovutgichda emas.

Tarkibi: quruq demineralizatsiyalangan sut zardobi, o’simlik yog’lari (palma, kokos, soya, kungaboqar yuqori oleinli), maltodekstrin, quruq yog’sizlantirilgan sut, mineral moddalar (kaliy sitrat, kalsiy karbonat, kalsiy fosfat, natriy xlorid, magniy xlorid, temir sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), vitaminli kompleks (askorbin kislotasi, tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy – D – pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxlorid, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, xolekalsiferol, sianokobalamin), emulgator (soya lesitini), taurin, inozit, L-karnitin, antioksidlovchi (askorbilpalmitat).
Tarkibida GMO, konservantlar, bo'yoq va xushbo’ylantiruvchi moddalar mavjud emas.

GMO mavjud emas!

Ozuqaviy qiymati: 100 g quruq aralashmada100 g tayyor aralashmada
Energetik qiymati kkal/kJ495 / 207368 / 286
Oqsil, g9,51,3
 sut zardobi oqsillari/kazein, %65/35 
 Taurin, mg405,5
Yog’, g24,53,4
   Linol kislotasi, g4,30,6
   Linol kislotasi, yog’li kislotalar miqdoridan % 18 
   a-linol kislotasi, g0,460,06
Uglevodlar, g59,38,2
   laktoza, g41,45,7
   laktoza, uglevodlar miqdoridan %70 
Mineral moddalar:  
   kalsiy, mg47065
   fosfor, mg25535
   kaliy, mg50770
   natriy, mg16022
   magniy, mg506,9
   mis, mkg50069
   marganets, mkg517
   temir, mg8,61,2
   rux, mg6,50,9
   xloridlar, mg31043
   yod, mkg8712
   selen, mkg9,41,3
   Kul, g3,60,5
Vitaminlar:  
   retinol (A), mkg-ekv47065
    tokoferol (E), mg9,21,2
    kalsiferol (D), mkg9,21,2
    K vitamini, mkg324,5
    tiamin (B1), mkg40055
    riboflavin (B2), mkg1362188
    pantoten kislotasi, mkg3,10,43
    piridoksin (B6), mkg51070
    niatsin (PP), mkg40,55
    foliy kislotasi, mkg8011
    sianokobalamin (B12), mkg1,70,23
    askorbin kislotasi (C), mg7210
    biotin, mkg152,1
Inozit, mg212,9
Xolin, mg506,9
Karnitin, mg8,41,2
Osmolyallik, mOsm/kg-260

Reviews

Яндекс.Метрика