Top.Mail.Ru

Olti oygacha bo’lgan bolalarni oziqlantirish uchun iste’molga tayyor bolalar sutli aralashmasi.

Iste’mol qilish uchun tayyor - aralashtirmasdan, suv qo'shmasdan.
Foydalanish uchun qulay - kechayu kunduz, uyda va yo'lda.
Xavfsiz aseptik qadoq - foydali xususiyatlarni saqlab qoladi va bakteriyalardan himoya qiladi.

Omega-3 (DHA) yog’ kislotalari - bosh miya tuzulmaviy tarkibi  bo'lib, intelekt  rivojlanishi va  ko’z o’tkirligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Nukleotidlar - immun tizimining shakllanishiga va oshqozon-ichak traktining yetilishida ko’maklashadi.
Muvozanatlashtirilgan vitamin-mineral kompleksi – olti oygacha bo’lgan bolalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lib, chaqaloqning uyg'un o'sishi va rivojlanishiga yordam beradi.
Ichimlik sterilizatsiya qilingan va aseptik tarzda qadoqlangan!

Tarkibida GMO mavjud emas.

Aralashma iste’mol qilish uchun tayyor.
Iste’mol qilishdan oldin aralashmani chayqating .
Aralashma qoldiqlarini keyingi ovqatlantirish uchun ishlatmang. 
Qadoqlangan aralashmani mikroto'lqinli pechda isitmang!
Aralashma hajmi va ovqatlantirishlar soni shifokor tomonidan ovqatlanish jadvaliga muvofiq belgilanadi.

Saqlash sharoiti:
Qadoqni ochishdan oldin aralashmani 1 dan 25 ºС  gacha bo'lgan haroratda va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo'lmagan joyda saqlang. 
Qadoq ochilganidan so'ng, aralashma sovutgichda 10 soatdan ko'p bo'lmagan muddatda saqlash mumkin.

Tarkibi: suv, quruq demineralizatsiyalangan sut zardobi, o‘simlik yog`lari (kungaboqar yuqori oleinli, soya, kakos yog`lari), sut yog`i, yog‘sizlantirilgan quruq sut, maltodekstrin, laktoza, mineral moddalar (kalsiy karbonat, kaliy sitrat, kaliy xlorid, natriy xlorid, kalsiy fosfat, temir sulfat, rux sulfat, mis sulfat, marganets xlorid, kaliy yodid, natriy selenit), baliq yog'i (dokozageksayen kislotasi DHA manbai), vitaminlar (askorbin kislotasi, tokoferol asetat, nikotinamid, kalsiy D-pantotenat, riboflavin, retinol asetat, piridoksin gidroxloridi, tiamin gidroxloridi, foliy kislotasi, filloxinon, D-biotin, xolekalsiferol, sianokobalamin), emulgator (soya lesitini), taurin, xolin bitartrat, inozit, nukleotidlar (sitidin 5'-monofosfor kislotasi, uridin 5'-monofosfat dinatriyli tuzi, adenozin 5'-monofosfor kislotasi, guanozin 5'- monofosfat dinatriyli tuzi, inozin 5'- monofosfat dinatriyli tuzi), L-karnitin, antioksidlovchi (askorbilpalmitat).

Ozuqaviy qiymati 100 ml aralashmada
Energetik qiymati kkal/kJ66/277
Oqsil, g1,4
 sut zardobi oqsillari/kazein, %50/50
Taurin, mg6
Yog’, g3,4
   Sut yog’i,  yog’ning   umumiy miqdoridan %25
   Linol kislotasi, g0,59
Linol kislotasi, yog’ kislotasining   umumiy miqdoridan %18
   a- Linol kislotasi, g0,07
   dokozageksayen kislotasi, mg6,4
Uglevodlar, g7,5
   Laktoza, g5,1
   Laktoza, uglevodlarning  umumiy miqdoridan %68
Mineral moddalar: 
   kalsiy, mg60
   fosfor, mg34
   kaliy, mg69
   natriy, mg22,5
   magniy, mg6,5
   mis, mkg46
   marganets, mkg15
   temir, mg0,8
   ruh, mg0,8
   xloridlar, mg40
   yod, mkg12
   selen, mkg1,3
    kul, g0,4
Vitaminlar: 
   retinol (A), mkg-ekv62
   tokoferol (E), mg1,1
   kalsiferol (D), mkg1,1
   K vitamini, mkg4,5
   tiamin (B1), mkg60
   riboflavin (B2), mkg188
   pantoten kislotasi, mkg400
   piridoksin (B6), mkg60
   niatsin (PP), mkg600
   foliy kislotasi, mkg11
   sianokobalamin (B12), mkg0,2
   askorbin kislotasi (C), mg9
   biotin, mkg2
Nukleotidlar, mg2,6
Inozit, mg2,6
Xolin, mg7,9
L-karnitin, mg1,2
Osmolyallik, mOsm/kg290

Reviews

Вопросы

Nutrilak 1 va 2 tarkibiga bazaviy aralashmalarda yo’q bo’lgan komponentlar bor.

  • miyaning to’liq rivojlanishi uchun – maksimal miqdorda Omega 3 
  • immunitetni mustaxkamlash uchun – nukleotidlar,
  • ovqat xazm bo’lishi qulay bo’lishi uchun – prebiotiklar.

Bundan tashqari premium formulalarda biz sut yog’idan foydalanamiz.

Palma va raps yog’i qo’llanilmaydi.

Prebiotiklar – bu ichakdagi do’st-mikroblar uchun ozuqa moddalardir. Prebiotiklar foydali bakteriyalar o’sishi uchun zarurdir.

Prebiotiklar ovqat hazm qilish traktining mikroflorasida yashaydigan foydali bakteriyalar uchun ozuqa bo’lib xizmat qiladilar. 

  • immunitetni mustaxkamlaydilar (organizmning viruslarga va bakteriyalarga qarshilik ko’rsata olishini kuchaytiradilar), respirator va ichak kasalliklari vaqtida tuzalishga yordam beradilar.
  • ichakda zararli bakteriyalar o’sishi va rivojlanishini pasaytiradi
  • ichak devoriga ta`sir qiladi va ichak ichidagilarning harakati bo’yicha uning funksiyalarini yaxshilaydilar – ichak sanchiqlarini va qabziyatni oldini olish uchun.

Omega-3 – bu organizmga kerakli, lekin organizm tomonidan ishlab chiqarilmaydigan ko’p to’yinmagan yog’li kislotalardir.

Omega-3 bizning organizmda ko’p jarayonlarga va tizimlarga ta`sir qiladi:

  • Asab tizimi. Miya tuzilmasining rivojlanishiga va bolaning o‘z vaqtida asab-psixik rivojlanishiga  yordam beradi.
  • Ko’rish qobiliyati. Omega-3 ko’z to’r pardasining shakllanishida ishtirok etadi, demak ko’zning ravshanligiga ijobiy ta`sir qiladi.
  • Yurak-qon tomir tizimi. Omega-3 tomirlar devorining hujayra membranalari shakllanishida ishtirok etadi va aterosklerotik blyashkalar paydo bo’lish jarayonini sekinlashtiradi.
  • Immun tizimi. Omega-3 immun javobini rag’batlantiradilar va immunitetga yordam beradilar.
Яндекс.Метрика