
Tayyorlash usuli:
• Bolalar ovqatini tayyorlashdan oldin qo'lingizni yaxshilab yuving.
• Toza idishlardan foydalaning.
- Bolalar uchun 50ºC gacha isitilgan 90 - 110 ml ichimlik suvi yoki 50ºC gacha sovutilgan qaynatilgan suv quying.
- Sekin-asta, doimiy ravishda aralashtirib, 20 g quruq mahsulotdan (taxminan 4-5 osh qoshiq) qo’shing.
- To'liq erimaguncha aralashtiring. Bo'tqa iste’mol qilish uchun tayyor.
Bo’tqani aralashtirish uchun vilkadan foydalanish tavsiya etiladi.
• Bo'tqani har doim bevosita ovqatlantirishdan oldin tayyorlang.
• Oldindan tayyorlangan bo'tqa qoldiqlarini keyingi oziqlantirish uchun ishlatmang.
Bolaning yoshini va uning ta’bini hisobga olgan holda, bo'tqaning konsistensiyasini ko'proq yoki kamroq suv qo'shib o'zgartirish mumkin.
Qo'shimcha ovqatlarni boshlashdan oldin pediatringiz bilan maslahatlashing.
Qo'shimcha ovqatlarni asta-sekin, bir qoshiqdan boshlab, 5-7 kun ichida bo'tqa portsiyasini yosh normasigacha oshirish tavsiya etiladi.
Saqlash sharoitlari:
• Qadoqni ochishdan oldin va keyin ham 1 dan 25°C gacha bo'lgan haroratda va havoning nisbiy namligi 75% dan ko'p bo'lmagan joyda saqlang.
• Har bir foydalanishdan so’ng ochilgan paketni mahkam yoping.
• Qadoqni ochgandan so'ng, mahsulotni salqin, quruq joyda 4 haftadan ko'p bo'lmagan muddatgacha saqlang.
Yaroqlilik muddati 18 oy.