
Qanday degan savolga javob berishdan oldin, nima uchun ekanligini tushunish muhim. Farzandini emizish hali oldinda bo‘lganlar uchun bu noaniq bo‘lishi mumkin. Aslida, emizish har tomonlama qulay, faqat bir jihati bor: doimo bolaning yonida bo‘lish kerak. Ammo buning imkoni bo‘lmaydigan holatlar ham bo‘ladi. Ona ishga chiqishi, shifokorga borishi yoki shoshilinch ishlari tufayli uzoqroq joyga ketishi kerak bo‘lishi mumkin. Ba’zi kunlari sut haddan tashqari ko‘p bo‘ladi, chaqaloq ko‘krakni to‘liq bo‘shata olmaydi. Laktostazning oldini olish uchun ortiqcha sutni sog‘ish lozim. Ammo keyin uni nima qilish kerak? Bunday qimmatli mahsulot maxsus saqlash shartlariga rioya qilishni talab qiladi. Sovutilgan holda uni bir sutkadan ortiq saqlab bo‘lmaydi, muzlatish esa shaxsiy «ona suti banki»ni shakllantirishga yordam beradi.

