
Sut sog‘uvchi moslama tug‘ruqdan oldingi majburiy xaridlar ro‘yxatiga kirmaydi. U sizga kerak bo‘lishi ham, kerak bo‘lmasligi ham mumkin: emizish jarayoni qanday kechishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Agar laktatsiya boshlanishi bilan sut juda ko‘p miqdorda hosil bo‘lsa va to‘planib qolish xavfi tug‘ilsa yoki qandaydir sabablarga ko‘ra sutni sog‘ib, keyingi emizishlar uchun (muzlatkichda) saqlash zarur bo‘lsa, bu foydali moslamani sotib olish haqida o‘ylab ko‘rish lozim.
Elektrda yoki qo‘lda ishlaydigan asbobni tanlash aniq vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Aynan sizga qaysi variant mos kelishini aniqlash uchun har bir turdagi asbobning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshilab o‘rganib chiqish lozim.

