
Onalarning sutining yog‘liligi haqida o‘ylay boshlashlari odatda emizish jarayonida muammolar paydo bo‘lganda kuzatiladi: chaqaloq bezovtalanadi, to‘xtovsiz ko‘krakka yopishadi, vazn qo‘shishi past darajada bo‘ladi. Buvilari va internetdagi «mutaxassislar» vaziyatni yanada keskinlashtirishlari mumkin, ular ona suti to‘yimliligini rangi va tiniqligiga qarab baholashni maslahat berishadi.
Keling, ona sutining yog‘liligi nimaga bog‘liq, unga ta’sir qilish mumkinmi yoki yo‘qmi va «yog‘liroq» sut haqiqatdan ham yaxshiroqmi, degan savollarga javoblarni birgalikda ko‘rib chiqaylik.

