
Rossiya Federatsiyasi MFO bosh pediatri, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan shifokor va tibbiyot fanlari doktori Irina Nikolayevna Zaxarova “Meditsinskiy sovet” jurnalida chop etilgan Yuliya Cherednichenko bilan suhbatida qiziqarli ma`lumotlar bilan o’rtoqlashdi. Oziq – ovqat allergiyasi yangi kashfiyot emas, u ilgari, 18-19 asrlarda ham uchragan. Ammo bu atama keyinroq, 1906 yilda paydo bo’lgan. O’shanda avstraliyalik pediatr K. Pirke organizmning oziq-ovqatga noto’g’ri javobini "boshqa harakat" deb atagan (allos – "boshqa", ergon - "harakat"). Ba`zi mutaxassislar bunday kuchli sezgirlikni XXI asrning yuqumli bo’lmagan epidemiyasi deb atashadi. Darhaqiqat, qo’shnilaringiz va tanishlaringizdan allergiya haqidagi hikoyalarni tez-tez eshitasiz. Bolalarning taxminan 8 foizi allergiyaga moyil, ular orasida bolalarning taxminan 30 foizi bir yoshgacha bo’lgan go’daklardir. Rossiyada har 4-bolada allergiya rivojlanishiga moyillik mavjud.

