Top.Mail.Ru

Laktozasiz aralashmalar

Submitted on: 15.08.2025
Time to read: 7 daqiqa
count 6

Laktozasiz aralashmalar erta yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan davolovchi mahsulotning bir turi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, laktoza (sut qandi) boshqa uglevodlar bilan almashtirilgan.

Qanday holatlarda go‘dakni laktozasiz aralashma bilan ovqatlantirish zarur?

Bunday aralashmalar bolada sut qandini parchalovchi ferment bo‘lmaganda yoki yetarli darajada ishlab chiqarilmagan holatlarda tavsiya etiladi. Bu ferment laktaza deb ataladi, uning yetishmovchiligi esa laktaza tanqisligi yoki laktaza yetishmovchiligi holati deyiladi.

Buning sabablari turlicha, ya’ni tug‘ma va orttirilgan bo‘lishi mumkin.

Masalan, Nutrilak Premium Безлактозный aralashmasini qo‘llash uchun ko‘rsatmalar quyidagilardir:

  • laktaza yetishmovchiligi (birlamchi va ikkilamchi)
  • diareya
  • galaktozemiya
  • laktozani ko‘tara olmaslik

Laktaza yetishmovchiligi belgilari

Kasallik asosan oshqozon-ichak trakti faoliyatining buzilishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi, chunki aynan ichak bo‘shlig‘ida parchalanmagan laktoza to‘planadi. Bu esa suyuq, nordon hidli axlat, ortiqcha gaz hosil bo‘lishi, qorin quldirashi va shilimshiq ajralishiga olib keladi. Bolaning bezovtaligi ortadi, uyqusi buziladi, qayt qiladi, ich kelishi izdan chiqadi va yel chiqarish og‘riqli bo‘ladi.

Ich kelishi bilan bog‘liq muammo paydo bo‘lishi, bolaning odatdagidan uzoqroq vaqt davomida ichini bo‘shatmasligi natijasida qabziyatli ich ketishi yuzaga kelishi mumkin. Bunda axlat suyuq, ko‘pikli, badbo‘y hidli va shilimshiqli bo‘lib, qisman suvli, qisman tvorog donachalariga o‘xshash kesakchalardan iborat bo‘ladi. Orqa chiqaruv teshigi atrofidagi teri qizarishi mumkin, bu esa yel va axlat chiqishi paytida bolaning bezovtaligini yanada kuchaytiradi.

Laktaza yetishmovchiligini davolash uni keltirib chiqargan sababga bog‘liq bo‘lib, asosan bolaning ovqatlanishiga qarab belgilanadi. Ko‘krak suti bilan boqilayotgan bolaga fermentativ preparatlar buyuriladi va onaning ovqatlanish ratsioni tartibga solinadi, zarur hollarda qo‘shimcha ovqatlantirish tavsiya qilinadi. Aralash va sun’iy ovqatlantirishda esa laktozasiz aralashmalardan foydalaniladi.

Bolaga laktozasiz aralashmani qachon berish kerak

Laktozasiz aralashmani bolaga faqat zarur hollarda, shifokorning tavsiyasi asosida berish lozim. Odatda, bunday aralashmalardan chaqaloqni tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha bo‘lgan davrda ovqatlantirishda foydalansa bo‘ladi.

Bolani davolovchi aralashmaga qanday o‘tkazish mumkin

Bolaga laktozasiz aralashma berishni asta-sekin, 10 ml dan boshlab amalga oshirish lozim, ammo bir martalik doza 30 ml dan (bir o‘lchov qoshiq quruq mahsulot) oshmasligi kerak.

Turli (laktozasiz va odatiy) aralashmalarni bitta shishada aralashtirish mumkin.

To‘liq laktozasiz aralashma bilan ovqatlantirishga o‘tish uchun kamida 5 kun talab etiladi.

Bolaga laktozasiz aralashmani qanday hajmda berish mumkin

Laktozasiz aralashmani to‘liq yoki qisman ishlatish mumkin. Nisbat organizmning laktaza fermentini ishlab chiqarish qobiliyati qay darajada saqlanib qolganligiga bog‘liq bo‘ladi.

Shu sababli, laktaza yetishmovchiligini parhez bilan davolashda past laktozali emas, balki laktozasiz aralashmalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ular bola organizmi ma’lum miqdordagi laktozani o‘zlashtira oladigan darajada laktozasiz aralashmaning ona suti yoki boshqa aralashma bilan optimal nisbatini topish uchun davolovchi mahsulotning zarur miqdorini individual tarzda tanlash imkonini beradi.

Bolani laktozasiz aralashma bilan qancha vaqt davomida ovqatlantirish mumkin

Laktozasiz aralashma yuqori darajada moslashtirilgan bolalar oziq-ovqat mahsuloti sifatida bolani ovqatlantirishda zarur bo‘lgan muddatgacha qo‘llanilishi mumkin.

Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra, oddiy yoki fermetlangan sut mahsulotlarga o‘tish ham asta-sekinlik bilan amalga oshirilishi lozim.

Birlamchi laktaza tanqisligi yoki galaktozemiya holatlarida, hayotning dastlabki kunlaridan boshlab laktozasiz parhez asosiy davolash usuli va turmush tarziga aylanishi lozim.

Laktozasiz aralashmalarning tarkibi

Laktozasiz aralashmalarda laktozaning miqdori deyarli nolga teng bo‘lib, 100 ml da 0,1 grammdan oshmaydigan darajada bo‘ladi. Taqqoslash uchun aytganda, ona suti va standart sutli aralashmalarda 100 ml da 6-7 gramm laktoza bo‘ladi.

Bunday aralashmalarning asosiy uglevodli komponenti dekstrin-maltoza (maltodekstrin yoki patoka) va glyukoza qiyomidir.

Laktozasiz aralashmalarning boshqa komponentlari odatda standart formulalardan uncha farq qilmaydi.

Aralashmaga allergiya paydo bo‘lishi mumkinmi

Ha, boshqa har qanday aralashma kabi. Laktozasiz aralashmalar sigir suti asosida tayyorlanganligi sababli, u allergik reaksiya kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, agar aralashmaning nomida «LAKTOZASIZ» («БЕЗЛАКТОЗНЫЙ») so‘zi bo‘lsa, uni allergiyani davolash uchun qo‘llash mumkin emas!

Laktozasiz aralashmaning ijobiy va salbiy tomonlari

Laktozasiz aralashmaning afzalligi va ayni paytda kamchiligi unda laktoza yo‘qligidir.

Shubhasiz, bu bolaning holatini yaxshilash uchun zarur, ammo organizm tiklanishi bilanoq laktozani bolaning ovqatlanish tarkibiga qaytarish lozim.

Sut qandi - ona sutining asosiy uglevodi bo‘lib, u bolaning o‘sishi va rivojlanishi uchun juda muhim. Uni bolaning ovqatlanish ratsionidan asossiz ravishda chiqarib tashlash mumkin emas.
 

Laktozasiz aralashmani qanday to‘g‘ri tanlash kerak

Laktozasiz aralashmani tanlashda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish zarur:

  • Zardob oqsili miqdori. Ona sutida bu ko‘rsatkich 60 foizdan yuqori bo‘lgani uchun, aralashmada ham miqdori yuqori bo‘lishi kerak.
  • Yog‘ tarkibi

    1. Ko‘krak sutida faqat sut yog‘i mavjud, aralashmalarda esa asosan o‘simlik moylari bo‘ladi. Sut yog‘ining mavjudligi aralashmani tarkib jihatidan ona sutiga yaqinlashtiradi
    2.. Omega-3 yog‘ kislotalari (DHA) yallig‘lanishni kamaytiradi hamda miya va ko‘rish a’zosining rivojlanishiga yordam beradi.
    3. Palma yog‘i va raps yog‘i ona sutida bo‘lmaydi, shuning uchun ularning aralashmalarda bo‘lishi ham tavsiya etilmaydi.

  • Nukleotidlar. Hujayra DNKsining qurilish materiali hisoblanadi. Ular ichak shilliq qavatining tez tiklanishiga, shuningdek, immun tizimi, ovqat hazm qilish va asab tizimlari hujayralarining yetilishiga ko‘maklashadi.

Laktozasiz bo‘lgan yana bir qator aralashmalar mavjud, masalan, Nutrilak Premium ProAllergy AMINO, Nutrilak Пептиди СЦТ yoki Nutrilak Premium Soya. Lekin laktaza yetishmovchiligi holatida ularni faqat laktozasiz aralashma samara bermagan taqdirdagina qo‘llash mumkin.

2024 yilda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davolovchi ovqatlanish uchun maxsuslashtirilgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan va galaktozemiya kasalligi bilan og‘rigan bolalarni ovqatlantirishda foydalanish mumkin bo‘lgan yagona laktozasiz aralashma - bu Nutrilak Premium Laktozasiz aralashmasidir.

Xulosalar

  1. . Laktozasiz aralashmalar davolovchi ovqatlanish uchun maxsuslashtirilgan aralashmalardir. Ularni faqat shifokor tavsiyasi bo‘yicha, belgilangan miqdorda qo‘llash mumkin.
  2. Laktaza yetishmovchiligi - laktozasiz aralashmalarni tayinlashning asosiy sababi hisoblanadi.
  3. Laktozasiz aralashmalarni tayinlash uchun boshqa ko‘rsatmalar ham bo‘lishi mumkin, masalan, galaktozemiya.
  4. Laktoza - muhim uglevod bo‘lib, uni bolaning ovqatlanish ratsionidan asossiz chiqarib tashlamaslik kerak. Buning uchun qat’iy tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lishi shart.
  5. Ko‘p hollarda laktozasiz aralashmalarni qo‘llash vaqtinchalik ehtiyoj hisoblanadi.

Laktozasiz aralashmalar. Nutrilak qanday mahsulotlarni taklif etadi?

Nutrilak Premium Безлактозный mahsulotida laktozaning o‘rniga glyukoza qiyomi va maltodekstrin mavjud bo‘lib, bu moddalar oson hazm bo‘ladi va oshqozon-ichak trakti faoliyatini me’yorlashtiradi. Shuningdek, ular ichak mikrobiotsenoziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu xususiyatlar ayniqsa ichak infeksiyasi paytida va undan keyin juda muhim hisoblanadi.

Nutrilak Premium Безлактозный aralashmasi tarkibidagi yuqori sifatli sut oqsili WProtein (Whey Protein) va sut yog‘i aralashmaning aminokislota va yog‘ tarkibini ona sutiga yaqinlashtiradi. Bu esa aralashmaning oson hazm bo‘lishiga, yaxshi o‘zlashtirilishiga va ich qotishining oldini olishga yordam beradi.

Nutrilak Premium Безлактозный tarkibida palma yog‘i va raps yog‘i bo‘lmagan, laktaza yetishmovchiligi holatida yaxshi yordam beradigan va oson hazm qilinadigan mahsulot bo‘lib, u laktoza iste’molini cheklash (ichak infeksiyalari, ovqatni hazm qilishda ishtirok etadigan a’zolar shakllanishi jarayonida ferment faoliyati yetarli bo‘lmaganligi sababli ikkilamchi laktaza yetishmovchiligi) hamda laktoza to‘liq istisno qilingan hollarda (tug‘ma laktaza yetishmovchiligi va galaktozemiya) tavsiya etiladi.

Яндекс.Метрика