Bolada diareya: ich ketish sabablari, oqibatlari va davolash usullari
Mos keluvchi mahsulotlar
Go‘dakda ich ketishi: sabablari va davolash usullari
Diareya (ich ketish) - bu tez-tez ich kelishi va uning konsistensiyasining o‘zgarishi.
Ich kelishining tezligi va xarakteri bolaning yoshiga, oziqlantirish turiga (ona suti bilan, aralash, sun’iy) va uning individual xususiyatlariga bog‘liq (1-jadval).
Masalan, ona suti bilan oziqlantirilganda birinchi yarim yillikda bolalarda (qo‘shimcha ovqat berilgunga qadar) ich kelishi odatda bir xil, bo‘tqasimon, sarg‘ish rangda, sutkasiga 5-7 martagacha bo‘ladi. Bu me’yor hisoblanadi. Axlatning kuniga 10 marta va undan ko‘p chiqishi, taglikka butunlay singib ketishi - ich ketish alomatlaridir.
Aralashma va qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari kiritilganda, ich kelishi kamayadi va quyuqlashadi, rangi va hidi o‘zgaradi. Ichakning bir sutkada uch martadan ortiq bo‘shashi va konsistensiyasining suyuq yoki suvli shaklga o‘zgarishi diareyaning belgilari hisoblanadi.
1-jadval. Erta yoshdagi bolalarda ich kelish tezligi
Chaqaloqda ich ketishining sababi nima bo‘lishi mumkin?
Bristol axlat shakllari shkalasiga ko‘ra, 5-7 turdagi axlat diareya belgilariga kiradi va ovqat bo‘lagining oshqozon-ichak yo‘lidan o‘tish tezligi oshganligini ko‘rsatadi.
Asosiy sabablarni ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin: infeksion va infeksiyon emas.
Viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar va sodda parazitlar infeksion diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Oziq-ovqat mahsulotlariga allergiya (SSOA), oziq-ovqat komponentlarini ko‘tara olmaslik (laktoza), antibiotiklarni qabul qilish, oshqozon osti bezi kasalliklari, shuningdek, tug‘ma kasalliklar infeksiyon bo‘lmagan diareyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Mukhamedzieva Adiba Anvarovna